Skip navigation and move to Contents...
Bible 2.0 Injilning dalili õz oyatlaridadir Bible 2.0

<< >> Kalom, Yakshanba, 5 Oktabr 2025

O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012

Biz suvga cho‘mdirilib, Masih bilan birga o‘ldik va ko‘mildik. Otamiz Xudoning ulug‘vor qudrati bilan Iso Masih o‘likdan tirilganiday, biz yangi hayotga ega bo‘lamiz.

Injil, Rimliklar 6:4

Suvga cho‘mdirilish orqali Masih bilan birga ko‘mildingiz. Masihni o‘likdan tiriltirgan Xudoning qudratiga bo‘lgan imoningiz tufayli Masih bilan birga tirildingiz.

Injil, Kolosaliklar 2:12

Injil, Rimliklar 6 (O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012)

1 Xo‘sh, nima deylik? Inoyat ko‘payaversin, deb gunoh qilishda davom etaveramizmi?
2 Yo‘q, aslo! Biz gunoh uchun o‘lganmiz. Endi qanday qilib gunoh qilib yashayveramiz?
3 Unutmanglar, cho‘mdirilish orqali biz — Masihga tegishli bo‘lganlar, Uning o‘limiga sherik bo‘ldik!
4 Biz suvga cho‘mdirilib, Masih bilan birga o‘ldik va ko‘mildik. Otamiz Xudoning ulug‘vor qudrati bilan Iso Masih o‘likdan tirilganiday, biz yangi hayotga ega bo‘lamiz.
5 Biz cho‘mdirilib, Iso Masihning o‘limiga sherik bo‘lgan bo‘lsak, albatta Uning o‘likdan tirilishiga ham sherik bo‘lamiz.
6 Biz bilamizki, eski o‘zligimiz Masih bilan birga xochga mixlangani uchun, gunohga berilgan bu vujudimiz yo‘q qilindi. Endi biz gunohga qulligimizdan qutildik.
7 Axir, o‘lgan odam gunohning amri ostida emas–ku!

Read more...(to top)

Injil, Kolosaliklar 2 (O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012)

9 Xudo O‘zining butun borlig‘i bilan to‘la-to‘kis Masihning vujudida mavjuddir.
10 Masihga tegishli bo‘lganingiz uchun hayotingiz to‘la–to‘kis, chunki U har bir kuch va hokimiyatdan ustundir.
11 Masih orqali sizlar sunnat qilindingiz, bu jismoniy sunnat emas, balki Masih orqali qilinadigan sunnat, ya’ni gunohkor tabiatning kesib tashlanishidir.
12 Suvga cho‘mdirilish orqali Masih bilan birga ko‘mildingiz. Masihni o‘likdan tiriltirgan Xudoning qudratiga bo‘lgan imoningiz tufayli Masih bilan birga tirildingiz.
13 Ilgari sizlar sunnatsiz, gunohga botgan bo‘lib, ruhan o‘lik edingizlar. Endi esa Xudo barcha gunohlaringizni kechirib, sizlarni Masih bilan birga tiriltirdi.
14 Bizga qarshi yozilgan ayblov hukmini Xudo bekor qildi, ya’ni o‘sha hukmni xochga mixlab, kuchdan qoldirdi.
15 O‘sha xoch orqali koinotdagi kuchlaru hukmronliklar ustidan g‘alaba qozonib, ularni qurolsizlantirdi. O‘zining g‘olibona yurishida ularning tutqun ekanligini namoyish etib, sharmanda qildi.

Read more...(to top)

Other Bible Editions

Select...

English Standard Version

We were buried therefore with him by baptism into death, in order that, just as Christ was raised from the dead by the glory of the Father, we too might walk in newness of life.

Romans 6:4

You have been buried with Christ in baptism, in which you were also raised with him through faith in the powerful working of God, who raised him from the dead.

Colossians 2:12

Injil, Rimliklar 6 (English Standard Version)

1 What shall we say then? Are we to continue in sin that grace may abound?
2 By no means! How can we who died to sin still live in it?
3 Do you not know that all of us who have been baptized into Christ Jesus were baptized into his death?
4 We were buried therefore with him by baptism into death, in order that, just as Christ was raised from the dead by the glory of the Father, we too might walk in newness of life.
5 For if we have been united with him in a death like his, we shall certainly be united with him in a resurrection like his.
6 We know that our old self was crucified with him in order that the body of sin might be brought to nothing, so that we would no longer be enslaved to sin.
7 For one who has died has been set free from sin.

Read more...(to top)

Injil, Kolosaliklar 2 (English Standard Version)

9 For in him the whole fullness of deity dwells bodily,
10 and you have been filled in him, who is the head of all rule and authority.
11 In him also you were circumcised with a circumcision made without hands, by putting off the body of the flesh, by the circumcision of Christ,
12 having been buried with him in baptism, in which you were also raised with him through faith in the powerful working of God, who raised him from the dead.
13 And you, who were dead in your trespasses and the uncircumcision of your flesh, God made alive together with him, having forgiven us all our trespasses,
14 by canceling the record of debt that stood against us with its legal demands. This he set aside, nailing it to the cross.
15 He disarmed the rulers and authorities and put them to open shame, by triumphing over them in him.

Read more...(to top)